9-may – Xotira va qadrlash kuni
2025-yil 7-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi, «Rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari» kasbiy rivojlanish (malaka oshirish) kursi tinglovchilarining tashkilotchiligida «9-may-Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Mardlik hech qachon unutilmaydi» nomli tonggi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Vatan ozodligi, hozirgidek tinch va totuv kunlar uchun jang maydonlarida jonini fido qilgan ota-bobolarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan vatandoshlarimiz yodga olindi.
Tadbirda Pedagogik mahorat markaziga o‘qishga kelgan barcha o‘qituvchilar faol ishtirok etdi.