O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 mayda “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi farmoni imzolandi.
Farmon bilan “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. Ushbu agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakasini baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.