Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri I.Yusupov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi T.Qayipbergenov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan «So‘nmas yulduzlar» nomli adabiy-kompozitsion kecha bo‘lib o‘tdi.
I.Yusupov bilan T.Qayipberganov qoraqalpoq poeziyasi va prozasidagi eng ko‘zga ko‘ringan shaxslardan bo‘lib, o‘z davrining adabiyotining bayteragi bo‘ldi. Ularning asarlari faqat qoraqalpoq xalqiga ma’lum bo‘lib qolmay, qardosh, rus xalqlari tillariga tarjima qilindi.
O‘tkazilgan kechada shoir va yozuvchining hayoti, ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, asarlaridan badiiy o‘qishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
Ijodkorlarning asarlari mazmunidan olingan viktorina savollari ularning asarlari mazmunini yodga soldi. Kecha ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.