Click to listen highlighted text!

«Ta’lim jarayonini raqamlashtirish asoslari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

05.06.2025 15:38:52 90 Баспаға шығарыў

#ochiq_dars

Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova tomonidan boshlang‘ich ta’lim (qoraqalpoq) guruhida «Ta’lim jarayonini raqamlashtirish asoslari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Maqsadi:
ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni metodik qo‘llash, shuningdek, pedagoglarga zamonaviy raqamlashtirilgan ta’lim muhitini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Dars davomida raqamli texnologiyalar tushunchasi va vazifalari, elektron resurslar imkoniyatlari; ularning turlari ya’ni interaktiv va trenajyor mashqlar, 3D kitoblar, elektron darsliklar, virtual simulyatsiyalar, elektron ishchi daftarlar, interaktiv plakatlar, veb kvestlarga misollar ko‘rsatib, ularning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini tinglovchilar o‘zlari tahlil qiladilar.

Shuningdek, bugungi kundagi sun’iy intellekt texnologiyalari, ular sun’iy intellekt yordamida ta’limni interaktivlashtirish haqida ma’lumotlar berildi. Tinglovchilarga berilgan topshiriqlarni ular guruhlarda bajardi.

Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan ochiq darsda tinglovchilar faol ishtirok etdi. Refleksiya bosqichida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, darsdan olgan amaliy ko‘nikmalari baholandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!