Click to listen highlighted text!

Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi.

25.08.2025 14:30:10 63 Баспаға шығарыў

 Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham mazkur ezgu tashabbusda faol qatnashib, o‘z hissasini qo‘shdi. Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, daraxtlarni parvarish qilish, tozalash ishlari amalga oshirildi.

 Tadbirda jamoa a’zolari bir yoqadan bosh chiqarib, atrof-muhitni yanada fayzli qilishga bel bog‘lashdi. Bunday ishlarda hamkorlik va mehr-oqibat ruhining yaqqol namoyon bo‘lishi hasharning asosiy maqsadiga to‘la mos keldi.

 Shu bilan birga, umumxalq hashari mamlakatimizning barcha hududlarida, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari ishtirokida ham o‘tkazilmoqda.

 Hashar — bu nafaqat tozalik va obodonlik, balki birlik, mehr-oqibat va bir-birimizga ko‘mak berishning yorqin timsolidir.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!