Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Metodistlar, bibliograflar, katalogizatorlar maktabi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — kutubxona xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda metodik faoliyatda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iboratdir.
Amaliy mashg‘ulotlar Genjegul Ubbiniyazova (Pedagogik mahorat markazi), shuningdek V. Tanirbergenova va G. Tajimuratova (Axborot-kutubxona markazi) tomonidan olib borildi. Dars davomida ishtirokchilarga bibliografik ma’lumotlar bazasini shakllantirish, maqolalarni davlat standartlariga muvofiq tahliliy tavsiflash, bibliografik qo‘llanmalar tuzish tartibi hamda metodik faoliyatni tashkil etishning ilg‘or yondashuvlari haqida amaliy ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida tinglovchilar tomonidan savol-javoblar o‘tkazildi, o‘zaro tajriba almashildi va kutubxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar bildirildi.









