Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha seminar-trening boshlandi

27.10.2025 12:27:24 73 Баспаға шығарыў

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida uch kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi. Tadbirning asosiy maqsadi — Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, tizimda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishdan iborat. Seminar-treningni markaz direktori vaqtincha vazifasini bajaruvchi Iztileuov Baymurat Doírovich ochib berdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, shuningdek, UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha mutaxassislari hamda UNICEF xalqaro eksperti Kristian Fabbi ishtirok etmoqda. Mazkur seminar quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilgan: Islom taraqqiyot banki tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasi; UNICEF va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligidagi “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi; “Pedagog va rahbarlarning salohiyatini mustahkamlash, kasbiy tayyorlash va malaka oshirish tizimini isloh qilish” loyihasi doirasida. Uch kun davom etadigan seminar-trening jarayonida ishtirokchilar uchun maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!