Click to listen highlighted text!

Pedagogik mahorat markazida tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

29.10.2025 10:23:58 41 Баспаға шығарыў

Bugun Pedagogik mahorat markazining Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i Miiros Uteniyazov tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. M.Uteniyazov zamonaviy ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalardan foydalanish, innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash va o‘quv kurslari sifatini oshirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va ta’lim jarayonini zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi. Ochiq muloqot jarayonida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.  

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!