Click to listen highlighted text!

“Metodik xizmat ko‘rsatish” bo‘limi tomonidan metodik tur o‘tkazildi

04.11.2025 11:26:41 30 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Metodik xizmat ko‘rsatish” bo‘limi metodistlari tomonidan Beruniy tumani 4-, 12- va 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida metodik tur tashkil etildi. Metodik turning asosiy maqsadi — ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda o‘qitish jarayonini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning faoliyatini ta’lim sifati yuqori bo‘lgan maktablar darajasiga yetkazishdan iborat. Tadbir davomida metodistlar o‘qituvchilarning darslarini kuzatib, tahlil qildilar hamda “Samarali darsni rejalashtirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdilar. Unda kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, pedagoglarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berilib, ularga zarur uslubiy yordam ko‘rsatildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!