Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Quatbay Turmanovni «Dotsent» ilmiy unvoni bilan samimiy tabriklaymiz!
Bu yutuq – ilm-fan sohasidagi samarali faoliyatingiz, fidokorona mehnatingiz va pedagogika sohasida qo‘lga kiritgan salmoqli natijalaringizning munosib e’tirofidir.
Sizga kelgusi ilmiy izlanishlaringizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar, ijodiy parvoz va mustahkam sog‘liq tilaymiz.
Yangi unvon ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yanada yuksak marralar sari ilhom va kuch bag‘ishlasin!
Hurmat bilan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi




