Amudaryo tumani 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish maqsadida metodik tur o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Metodik xizmat ko‘rsatish” bo‘limi metodistlari — D. Nurishov, O‘. Matmuratov, T. Jusupbaev, N. Artiqbaeva va T. Mambetovalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida maktab o‘qituvchilarining darslari tahlil qilinib, “Samarali darsni rejalashtirish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Unda kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi hamda pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatildi.









