#EDUTALK_WEEKLY
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish maqsadida “Fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etish yo‘llari: 5E ta’lim modeli” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarni “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasining katta o‘qituvchisi Murat Urazbaev olib bordi. Seminarda ishtirokchilarga 5E ta’lim modelining mohiyati, uni dars jarayonida qo‘llash imkoniyatlari va o‘quvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion metodlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminar davomida 5E modeli bosqichlariga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z ko‘nikmalarini mustahkamladi.













