Pedagogik mahorat markazimiz da Noyabr oyida Informatika va IT kursi malaka oshirish kurslarimizni yanada boyitgan, ilmiy salohiyati va innovatsion yondashuvi bilan ajralib turadigan ustoz — Saparniyazov Abay Saburovich bo‘ldi. Informatika va axborot texnologiyalari sohasida 27 yildan buyon fidokorona faoliyat yuritib kelayotgan, yuzlab iqtidorli shogirdlar yetishtirgan, “Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan ushbu ustoz bizning Kasbiy rivojlanish kursimizda o‘zining yangi ta’limiy proekt dasturi haqida ma’ruza qilib berdi. Ustoz taqdim etgan innovatsion loyiha: Abay Saburovich bugungi kunda ta’lim tizimida eng zarur bo‘lgan muammoni — 1-sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish, mustaqil mashq qilish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasini hal etishga qaratilgan katta loyiha ustida ishlaganini ta’kidladi. Yaratilgan dasturning afzalliklari: • 1-sinf matematika fanini mustaqil o‘rganishga yordam beradi • 5 tilda ishlab chiqilgan: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq va turkman Mamlakatimizdagi ko‘p tillilik tamoyiliga to‘liq mos • Interaktiv mashqlar, o‘yinlar, testlar, audio va video ko‘rsatmalar jamlangan • Mavzular bolalarning yoshi va psixologiyasiga mos tarzda ishlab chiqilgan • Ota-onalar uchun qulay nazorat tizimi mavjud • Matematikaning asosiy tushunchalari qiziqarli va sodda shaklda beriladi Loyihaning asosiy maqsadi: ✨ Kichik yoshdagi o‘quvchilarda: • mustaqil fikrlash, • mantiqiy tafakkur, • hisoblash malakasi, • o‘qishga qiziqish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish. Bu loyiha nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar va o‘qituvchilar uchun ham qo‘shimcha yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik mahorat markazi jamoasi uchun faxr: Saparniyazov Abay Saburovich kabi ilmli, tajribali, innovatsion fikrlaydigan ustozlar bilan ishlash, ularning tajribasidan o‘rnak olish — biz uchun ulkan sharaf. Markazimizdagi tinglovchilar ustozning loyihasini katta qiziqish bilan tinglashdi va uni boshlang‘ich ta’limga qo‘shilgan katta hissa deb baholashdi. Ustozning mukofotlari va yutuqlari: • “Shuhrat” medali (2017) • “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi a’lоchisi” ko‘krak nishonlari • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining bir necha bor “Fahriy yorliq”lari • Google Certified Educator (Level 1, Level 2) • Coursera xalqaro kurslaridan 40+ sertifikatlar • “Bir million dasturchi” platformasi bo‘yicha o‘quvchilari bilan sama’ralari • Raqamli ta’lim resurslari bo‘yicha Respublika bosqichida bir necha bor I o‘rin sovrindori • O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va informatika bo‘yicha metodik kitoblar muallifi Shogirdlari – uning eng katta yutug‘i Ustozning tayyorlagan o‘quvchilari 1999 yildan 2025 yilgacha: 🏆 Respublika fan olimpiadalari 🏆 “Bilimlar bellashuvi” musobaqalari 🏆 IT tanlovlar 🏆 Yangi texnologiyalar bo‘yicha festivallar doimiy ravishda I, II va III o‘rinlarni egallab kelishgan. Bugun esa ular: — dasturchilar, — o‘qituvchilar, — IT mutaxassislari, — loyihalar rahbarlari, — ta’lim sohasidagi liderlar sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Saparniyazov Abay Saburovich — bu nafaqat ustoz, balki: -yoshlarning orzusi va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olgan inson; -yangilik yaratuvchi, izlanishdan to‘xtamaydigan innovator; -o‘z shogirdlari bilan faxrlanib, ularni katta marralarga yetaklaydigan murabbiy; -zamonaviy raqamli ta’limning faol targ‘ibotchisi. Abay Saburovich, mazmunli taqdimotingiz, samimiy fikrlaringiz va innovatsion yondashuvingiz uchun rahmat! Siz kabi ustozlar ta’limimizning haqiqiy tayanchi va ishonchli kelajagidir.





