Click to listen highlighted text!

Texnologiya darslarini 5E modeli asosida tashkil etish usullari

20.11.2025 18:00:08 28 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar va markaz metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari uchun «Texnologiya darslarini 5 E modeli asosida tashkil etish usullari» mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq darsni «Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi» kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent Nilufar Ibragimova olib bordi.

Ochiq dars davomida texnologiya kursi tinglovchilariga 5E modeli, uning maqsad va vazifalari hamda dars jarayonida qo‘llash usullari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali tinglovchilarning tegishli ko‘nikmalari shakllantirildi.

Shuningdek, ochiq darsda ishtirokchilar Texnologiya darslarida 5 E modelini qo‘llash yo‘llari haqida bir darslik ishlanmasi asosida bilimlari mustahkamlandi va amaliy topshiriqlar bajarildi.
Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, fikrlar almashdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!