Click to listen highlighted text!

Konstitutsiya – huquqlarimizni belgilaydigan muhim hujjat

05.12.2025 18:20:23 23 Баспаға шығарыў

Inson qadri hamma narsadan ustun turadigan mamlakatimizda Konstitutsiyamiz asosida davlat hujjatlari yuritilib, asosiy maqsad yurt farovonligini ta’minlab, fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Pedagogika markazi direktori vazifasini bajaruvchi Baymurat Iztileuov, «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri Ravaj Bavatdinov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaning inson huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati, davlatimizning bosh qonuni bo‘lgan huquqiy hujjatning dunyodagi taniqli ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqilib, yuqori baholanganligi hamda so‘nggi vaqtlarda huquq sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni ta’kidladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!