Click to listen highlighted text!

“O‘quvchi yutug‘ini aniq o‘lchash: Yangi baholash modeli amaliyotda”

09.12.2025 10:22:35 33 Баспаға шығарыў

Pedagogika markazining «Pedagogika, psixologiya va ta’lim yo‘nalishi texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Klishov va A.Masharipova tomonidan maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kurs tinglovchilariga «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tatbiq etilayotgan mezonlarga asoslangan baholash tizimini samarali joriy etish, o‘quvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tamoyillarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha mas’ul xodimlarning kasbiy malakasini oshirishdan iborat.

Seminar davomida:

Formativ va summativ baholashning mazmuni, maqsadi va qo‘llash tartibi;

Baholash mezonlari asosida o‘quvchi yutuqlarini aniqlash mexanizmlari;

Elektron jurnal orqali baholash jarayonini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar;

Baholash tizimi orqali ta’lim jarayonida shaffoflik va obyektivlikni ta’minlash yo‘nalishlari.

Shuningdek yangi baholash tizimi bo‘yicha belgilangan talablarni to‘liq bajargan ta’lim muassasalari ustamaga loyiq deb topildi. Shu munosabat bilan ustamaga sazovor bo‘lgan Amudaryo tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jabborbergenova Shohidaning maktabdagi ishlari, tajribasi va erishilgan natijalari bilan seminar ishtirokchilari tanishtirildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!