Click to listen highlighted text!

Islom sivilizatsiya markazida hududiy bo‘linmalar bilan samarali uchrashuv

18.12.2025 08:22:36 3 Баспаға шығарыў

Yangi yil arafasida mas’ullar bilan tizimda qilingan ishlarni tahlil qilish, kelgusidagi maqsadlarni belgilab olish an’anasi ko’pdan beri bor. Shu maqsadda ayni damda vazirlikning hududiy bo’linmalari mas’ullari poytaxtda yig’ilishdi. Ular ishtirokida seminarlar va taqdimotlar ham rejalashtirilgan. Bugun mazkur tadbirlar doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazida bo‘ldik. Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mas’ullar bilan muassasa faoliyati bilan tanishibgina qolmay, ularning fikr-mulohazalariga ham quloq tutdik, loyiha va rejalar haqida suhbatlashdik. Ishonamanki, bu kabi uchrashuvlar tajriba almashish, yangi tashabbuslarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!