❄️Yangi yil bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida bayramona muhit yaratish, jamoa a’zolari va tinglovchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Yangi yil kayfiyati” nomli tonggi tadbir tashkil etildi. 🎵Tadbir davomida Yangi yil munosabati bilan tilaklar bildirildi, jonli ijroda qo‘shiqlar yangradi hamda ishtirokchilar uchun qiziqarli viktorina va musobaqalar o‘tkazildi. 🎉Shuningdek, bayram qahramoni — Ayoz ota tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 🌈Mazkur bayram tadbiri markaz jamoasi va tinglovchilarga iliq taassurotlar, quvonchli lahzalar hamda haqiqiy bayram kayfiyatini taqdim etdi.





