Click to listen highlighted text!

Frankofoniya o‘quv markazining ilg‘or metodlari – amaliyotda!

05.03.2026 16:26:21 9 Баспаға шығарыў

Bugungi kunda xorijiy tajribalarni o‘rganish va xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish – ta’lim sohasini yangi bosqichga olib chiqishning asosiy kafolatidir. Shu yo‘nalishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar va metodistlar uchun «Fransiya ta’lim tizimida ilg‘or tajribalar va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘li» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarni Fransiyaning Nitsa (Nice) shahridagi Frankofoniya o‘quv markazida o‘tkazilgan maxsus kurslarda qatnashib, xalqaro tajriba orttirib qaytgan malakali mutaxassislarimiz – Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari B. Iztileuov va Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri R. Bauetdinovlar olib bordi. Seminar davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlar bilan cheklanmagan holda, Fransiya ta’lim tizimining o‘qitish usullari va metodikasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi. Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar va metodistlar tomonidan xalqaro tajriba va innovatsion metodlarni mahalliy o‘quv jarayoniga moslashtirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha kelgusidagi qadamlar birgalikda muhokama qilindi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!