6-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish kafedrasi tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol — hayot chirog‘i” nomli tonggi bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini yuksaltirish, ularning fidokorona mehnati, sabr-toqati va ezgu fazilatlarini e’tirof etish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida ayollarning oilada va jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, kelajak avlod tarbiyasidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi hamda samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi.
Bayram dasturi doirasida qiziqarli viktorina va interaktiv o‘yinlar tashkil etilib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.



