Click to listen highlighted text!

🌳3-mart – Xalqaro Yovvoyi Tabiat Kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

13.03.2026 16:25:24 5 Баспаға шығарыў

Pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi docenti Z. Shaniyazova tomonidan 3-mart – Xalqaro Yovvoyi Tabiat Kuni munosabati bilan yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitga mas’uliyatni oshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni tabiatni asrashga rag‘batlantirish va ekologik ongini oshirishdan iborat.

Tadbirda ishtirokchilarga atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qonunlari va xalqaro ekologik sanalarning ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tinglovchilar “Qiziqarli faktlar” taqdimotlari, milliy raqs va kuy-qo‘shiqlarni namoyish etdilar. Rebus, jumboq, pantomima hamda “Issiq kartoshka” va “Energayzer” kabi interaktiv o‘yinlarda faol qatnashdilar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!