Click to listen highlighted text!

#PIRLS_2026 PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida seminar o‘tkazildi

16.03.2026 16:36:48 55 Баспаға шығарыў

 2026-yil 14-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida seminar tashkil etildi. Seminarda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva so‘zga chiqib, xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishning ahamiyati, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni muhim ekanini ta’kidladi. Seminar davomida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i Muhammad Temirov tomonidan PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida belgilangan vazifalar, tadqiqotning mazmun-mohiyati hamda uni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, test.avloniy.uz platformasidan foydalanish tartibi, o‘quvchilar natijalarini tahlil qilish hamda ular bilan ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Seminarda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun tanlab olingan 12 ta umumta’lim maktabi direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda 33 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faol qatnashdi. Tadbirning amaliy qismida o‘quvchilar bilan matn ustida ishlash, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!