Click to listen highlighted text!

“Davr qahramonlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

19.03.2026 16:59:51 6 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalovning 100 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi 103-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan qoraqalpoq xalqining atoqli farzandi, davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligi hamda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 109 yilligi munosabati bilan «Davr qahramonlari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni kafedra mudiri S. Matekeev ochib berdi. U o‘z so‘zida mazkur ikki tarixiy shaxsning O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari hamda xalq manfaatlari yo‘lida qilgan xizmatlarini alohida ta’kidladi.

Xususan, Qallibek Kamalovning Qoraqalpoq xalqi oldidagi xizmatlari, jumladan, oliy ta’lim muassasasining tashkil etilishi, Qoraqalpog‘istonning 60 yilligi munosabati bilan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi, “Toshkent” mehmonxonasi bunyod etilishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi kabi ezgu ishlari e’tirof etildi.

Shuningdek, Sharof Rashidovning Vatanimiz ravnaqi, qoraqalpoq xalqi taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan ishlari, uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari va yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash borasidagi tashabbuslari alohida qayd etildi.

Tadbir davomida ushbu ikki buyuk siymoning murakkab va sinovli davrlarda xalq va Vatan manfaatlari yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!