Ommalashtirish.uz platformasi orqali o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan metodik ishlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug‘ida belgilangan baholash mezonlari asosida o‘rganilmoqda. Hozirgi vaqtda jarayonning ikkinchi bosqichi – mazmunli ekspertiza ishlari olib borilmoqda. Metodik ishilarni xolis baholash maqsadida O‘quv-metodik kengash tarkibi soha mutaxassislaridan shakllantirilgan. Unda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining metodistlari; kafedralarning professor-o‘qituvchilari; Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari agentligi tizimidagi fan mutaxassislari; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tajribali va ijodkor o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Barcha metodik ishlar belgilangan qat’iy mezonlar asosida puxta baholanmoqda.










