Click to listen highlighted text!

#seminar Mo‘ynoqda kutubxonachilar uchun respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi

29.04.2026 15:23:53 16 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi orasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-9-sonli qarori va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-mart kungi 89-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi G. Ubbiniyazova tomonidan Mo‘ynoq tumanida respublika kutubxonachilari uchun maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminar davomida maktab kutubxonalarini modernizatsiya qilish va kitobxonlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi: Maktab va muassasalarda «Kitob o‘qish soatlari»ni tasdiqlangan reja asosida sifatli tashkil etish; Barcha foydalanuvchilar, shuningdek uzoq hududlardagi o‘quvchilar uchun ham kitob o‘qishda teng imkoniyatlar yaratish; O‘quvchilar va pedagoglar o‘rtasida «Eng faol kitobxon» tanlovlarini muntazam ravishda o‘tkazish;  Elektron kutubxona xizmatlarini rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish metodikasini o‘rgatish;  Sinflar va bo‘limlarda mobil kutubxonalar, ko‘chma kitob ko‘rgazmalari va zamonaviy «Kitob burchaklari»ni tashkil etish. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kelajakda amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!