Click to listen highlighted text!

Pedagogik mahorat markazida Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi

07.05.2026 19:25:13 9 Баспаға шығарыў

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining navbatdagi Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash majlisini markaz direktori G. Ko‘jaboyeva ochib berdi va olib bordi. Yig‘ilishda markaz kafedra va bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar hamda metodistlar ishtirok etdi. Majlis davomida markazning kafedra va bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi. Jumladan: — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni takomillashtirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tadbirlarning muntazam ravishda o‘tkazilishini ta’minlash; — yillik rejada belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishini ta’minlash; — kafedralarda ilmiy-tadqiqot hamda metodik ishlar yo‘nalishida professor-o‘qituvchilarning faoliyatini yanada takomillashtirish; — professor-o‘qituvchilar va fan metodistlarining nufuzli xalqaro ilmiy bazalar — SCOPUS va Web of Science, shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda konferensiya tezislarini chop ettirib borishini kengaytirish; — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini muntazam oshirib borish, ularning ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalari, shuningdek, interfaol o‘qitish usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda yangilab borish vazifalari belgilandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!