Click to listen highlighted text!

#7_may_Radio_kuni To‘lqin ortidagi sirlar

07.05.2026 19:32:26 5 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi fizika fani tinglovchilari tomonidan 7-may — Radio kuni munosabati bilan “To‘lqin ortidagi sirlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirda markaz direktori Gulistan Kojabaeva ham ishtirok etdi. Kecha davomida professor-o‘qituvchilar radio ixtirosining tarixi, uning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda zamonaviy axborot almashinuvidagi ahamiyati haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, radioning bugungi kunda eng ommabop va qulay axborot vositalaridan biri sifatida jamiyat hayotida muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi. Tadbir davomida radio tarixiga oid videoroliklar namoyish etildi hamda ishtirokchilar o‘rtasida qiziqarli viktorinalar tashkil qilindi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!