Click to listen highlighted text!

“Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” forumi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

15.05.2026 11:10:02 18 Баспаға шығарыў

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” forumi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. ➖ Konferensiya ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, UNICEFning O‘zbekistondagi ta’lim bo‘yicha rahbari Alberto Biancoli hamda boshqa qator xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 🔹 Tadbirda rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan hamkorlik ishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. ➖ Tadbirning tantanali taqdirlash marosimida vazir E’zoza Karimova qatnashib, tizimda olib borilayotgan islohotlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida faol ishtirok etib, samarali faoliyat yuritgan bir guruh pedagoglar “Xalq ta’limi a’lochisi” va «Xalq taʼlimi fidoyisi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi hamda qator faol pedagoglarga tashakkurnomalar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!