Yalpi majlisda shuningdek, quyidagi xalqaro hamkor tashkilotlarning vakillari: ➖UNICEFning O‘zbekistondagi taʼlim bo‘yicha rahbari Alberto Biancoli; ➖O‘zbekiston professional taʼlim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash TexVETII loyihasi rahbari Mattias Klingenberg; ➖Shveytsariyaning O‘zbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi rahbari Simone Shtrasburger; ➖Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Michael Houlgatelar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. 
Konferensiya quyidagi sho‘balarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda: ➖Ta‘limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning muammolari va yechimlari; ➖Xorijiy tajribalar asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish istiqbollari; ➖Ta‘lim boshqaruvida rahbarlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari; ➖Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida raqamli texnologiyalar va sun‘iy intellekt imkoniyatlari. Sho‘balarda xorijiy taʼlim mutaxassislari, olimlar va ekspertlar, pedagogik mahorat markazlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shoʻba mudirlari, master-trener, mentor va yetakchi o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.












