Click to listen highlighted text!

#Xalqaro_hamkorlik Xalqaro tajriba almashish: markaz professor-o‘qituvchilari Istanbulda

01.06.2026 17:36:26 13 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan «Empowering Educators: Innovative Strategies for Teaching Teachers» nomli xalqaro kasbiy rivojlanish dasturi doirasida o‘tkazilib malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda. Mazkur dastur pedagoglarning zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishi, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishi hamda kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Dastur doirasida ishtirokchilar ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan birga xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Seminarlarning birinchi kunida ishtirokchilar Turkiyaning Istanbul shahridagi Istanbul Aydın Universitetida dastlabki treninglarda ishtirok etishni boshladilar. Xalqaro kasbiy rivojlanish dasturi doirasidagi seminar va amaliy treninglar 2026-yil 6-iyunga qadar davom etadi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!