Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi hamda qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturini rasman taqdim etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhim tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti B. Turimbetov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish jarayonida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda ta’lim mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish istiqbollari haqida ma’lumotlar berildi. ✨Tadbirda ilg‘or xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish, fanlar bo‘yicha o‘quv maqsadlarini aniq belgilash hamda pedagoglarning zamonaviy metodik yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 






