Click to listen highlighted text!

#KasbiyRivojlanishKuni #IjtimoiyFanlar Tayanch maktablarda pedagoglarning kasbiy rivojlanish tadbiri boshlandi

05.10.2026 15:56:47 14 Баспаға шығарыў

Bugun respublikamizdagi tayanch maktablarda Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Tadbirlar “Ijtimoiy-emotsional ta’lim (SEL) asosida pedagogning kasbiy farovonligi va barqarorligini ta’minlash — samarali ta’limning asosiy omili” mavzusida o‘tkazilmoqda.  Tadbirlarning asosiy natijalari:  pedagoglarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini rivojlantirish; kasbiy zo‘riqishlarni boshqarish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;  dars jarayonida SEL yondashuvlaridan samarali foydalanish usullarini o‘zlashtirish;  o‘quvchilar bilan ijobiy va qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tajriba almashish;  zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish. Natijada pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, darslar samaradorligini kuchaytirish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay ijtimoiy-emotsional ta’lim muhitini yaratishga zamin yaratilmoqda. MA’LUMOT UCHUN: Bugun respublikamizdagi 19 ta tayanch maktabda Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda 735 nafar yetakchi o‘qituvchi ishtirok etmoqda.

Back To Top
Click to listen highlighted text!