Click to listen highlighted text!

Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi

Turmanov Quatbay Amanbaevich

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasida 12 shtat birligi mavjud bo‘lib, unda quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda: Kafedra mudiri: Q.Turmanov pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Kafedra dosenti: Z.Shaniyazova biologiya fanlari nomzodi, dosent Katta o‘qituvchilar: Arzımbetova B, Esnazarov A, Utepov I, Jiemuratova G, Nagmetullaev A, Kutlımuratova D, Saparov O, O‘qituvchilar: Kublanov J Kafedrada professor-o‘qituvchilari quyidagi fanlar bo‘yicha tinglovchilarga yangi metodikalardan sifatli dars o‘tib kelmoqda. Matematika fani o‘qituvchilari Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari Fizika fani o‘qituvchilari Biologiya fani o‘qituvchilari Kimyo fani o‘qituvchilari Geografiya fani o‘qituvchilari Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari. Kafedra professor-o‘qituvchilari har bir fan yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilardagi bo‘shliqlarni aniqlagan holda o‘quv-uslubiy majmualar,  metodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar, elektron darsliklar, metodik ko‘rgazmali vositalar, didaktik hamda tarqatma materiallar tayyorlab uzluksiz metodik xizmatni yo‘lga qo‘ymoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’limda izchillik va uzluksizlikni ta’minlash, fan yangiliklari, o‘qitishning samarali metodlari hamda vositalarini dars jarayonida tatbiq etmoqda. Jumladan, elektron taqdimotlar tayyorlash, elektron darsliklar bilan ishlash, virtual laboratoriyalardan, internet resurslaridan samarali foydalanish,  animasiyalar, interaktiv va interfaol doskalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!