Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G. Yusupova hamda N. Usmanova, V. Uvarova, G. Buzikova va O.Yevstafevalar bilan hamkorlikda ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarining 2-sinf o‘quvchilari uchun «O‘qish savodxonligi» darsligining 1-qismi va mashq daftari «Novda» nashriyoti tomonidan Koreyada chop etildi. Darslik mazmuni ilğor xalqaro tajribalar va milliyligimiz bilan uyğunlaşgan bölib, öquvçilarda kommunikativ, kreativ, tanqidiy fikrlaş va hamkorlik könikmalarini şakllantirişga yönaltirilgan. Maşq daftarida darslikdagi bilimlarni mustahkamlaş, öquvçilarning intellektual salohiyati, mantiqiy va ijodiy fikrlaş qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilgan rebuslar, anagrammalar, «Venn diagramma,» «T-sxema,» «Klaster,» «Töğri-notöğri» kabi turli metodik topşiriqlar örin olgan. Markaz jamoasi G. Yusupova va barça hammualliflarni uşbu ilmiy-uslubiy yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi ilmiy-ijodiy va pedagogik faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!






