Click to listen highlighted text!

#Live QORAQALPOG‘ISTONDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA ISH BOSHLADI

16.10.2026 13:06:06 11 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Sifatli ta’lim: sun’iy intellekt va o‘qitishning zamonaviy usullari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Markaz direktori Kojabaeva Gulistan Talasbaevna kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, ilg‘or xalqaro tajribalarni ta’lim amaliyotiga joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Konferensiya ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilmiy tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Back To Top
Click to listen highlighted text!