Click to listen highlighted text!

III xalqaro kimyo Olimpiadasining oçilişiga bağişlangan tadbir bölib ötdi

04.11.2026 15:52:07 6 Баспаға шығарыў

Bugun Nukus şahridagi «Oqquş» majmuasida maktab öquvçilarining kimyo faniga oid nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini sinovdan ötkazişga qaratilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi III Xalqaro kimyo Olimpiadasining oçilişiga bağişlangan tadbir ötkazildi.   Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orыnbayev sözga çiqib, yiğilganlarni Olimpiada oçilişi munosabati bilan tabrikladi. Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida ta’lim-tarbiya tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş, yoşlarni har tomonlama bilimli qilib kamol toptiriş, ularni qöllab-quvvatlaş borasida keng kölamli amaliy çora-tadbirlar olib borilmoqda.   Yurtimizda uçinçi bor ötkazilayotgan xalqaro kimyo olimpiadasi ham ana şunday tadbirlarning amaliy natijasidir.   Olimpiada musobaqalari yoşlarning qiziqişi va bilim, könikmalarini rivojlantirişda, özaro döstona munosabatlarni mustahkamlaşda muhim örin tutadi. Unda dunyoning 20 ta davlatidan kelgan 120 nafardan ziyod eng bilimli va zukko yoşlar bir hafta davomida öz bilimlarini sinovdan ötkazadi.   Albatta, uşbu xalqaro olimpiada yoşlarning kimyo faniga bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qiladi va kelgusi öqişlarida katta motivasiya böladi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!