Respublikamizdagi tayanç maktablarda filologiya fanlari (ona tili va adabiyoti, özbek tili hamda qardoş tillar) yönalişi böyiça navbatdagi “Kasbiy rivojlaniş kuni” (KRK) tadbirlari taşkil etildi. Tadbirlar doirasida pedagoglar uçun “Pedagogik faoliyatda sun’iy intellektdan foydalanişning etik va huquqiy asoslari” mavzusida maşğulotlar ötkazildi. Maşğulotlar davomida sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’lim jarayonida töğri, samarali va mas’uliyat bilan foydalaniş, pedagogik faoliyatda yuzaga kelişi mumkin bölgan axloqiy hamda huquqiy masalalar muhokama qilindi. Xususan, maşğulotning asosiy bosqiçida sun’iy intellektdan töğri foydalaniş tamoyillari, 5 ta axloqiy konsepsiya, xavfsizlikka tahdid soluvçi 4 turdagi xavf hamda sun’iy intellektni pedagogik faoliyatga joriy etiş böyiça 3 ta muammoli vaziyat (keys) ustida işlaşga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, iştirokçilar sun’iy intellektdan foydalanişda axborot xavfsizligini ta’minlaş, şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş, mualliflik huquqiga rioya etiş, akademik halollik va pedagogik mas’uliyat masalalari yuzasidan bilimlarini mustahkamladi. Amaliy maşğulotlar orqali pedagoglar sun’iy intellekt imkoniyatlaridan dars maşğulotlarini rejalaştiriş, öquv materiallarini tayyorlaş va ta’lim sifatini oşirişda oqilona foydalaniş böyiça zarur könikmalarga ega böldilar.




