♦️Xabaringiz bor, Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida taşkil etilgan “Maktabgaça va maktab ta’limida özbek tilini sifatli öqitiş: zamonaviy metodika va innovatsion yondaşuvlar” mavzusidagi respublika öquv-seminarining ikkinçi kuni davom etmoqda. ✔️Bugungi maşğulotlar milliy master-trenerlar tomonidan trenerlar uçun nazariy va amaliy şaklda taşkil etilmoqda. Öquv maşğulotlari doirasida quyidagi mavzular qamrab olinmoqda: 🔹 Davlat tilida tinglab tuşuniş, gapiriş, öqiş va yoziş kompetensiyalarini rivojlantiriş metodikasi; 🔹 Özbek tili darslarini kompetensiyaviy yondaşuv, SMART maqsadlar, Backward Design va Bloom taksonomiyasi asosida loyihalaş; 🔹 Öquvçilarning nutqiy kompetensiyalarini baholaş va monitoring qiliş; 🔹 Sun’iy intellekt va raqamli öquv-metodik resurslardan samarali foydalaniş hamda ularni yaratiş. Maşğulotlarda zamonaviy ta’lim strategiyalari, amaliy topşiriqlar va innovatsion metodlar orqali pedagoglarning metodik mahorati hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.













