Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari M.Razzakova, M.Urazbayev va U.Matmuratov tomonidan O‘zbek (davlat) tili fani tinglovchilar uchun “Hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy metodlari” mavzusida seminar – trening mashg‘uloti tashkil etilmoqtadi.
XXI asr kompetensiyalari deya ta’riflanayotgan 4K ko‘nikmalari har bir o‘quvchida shakllantirilishi kerak degan maqsaddan kelib chiqqan holda tashkil qilingan mazkur seminar treningda, tinglovchilar malaka oshirish kursida belgilangan maqsadlarni o‘zlarida amaliy ko‘nikma tarzida hosil qildilar. Seminarda o‘quv mashg‘ulotining maqsadidan kelib chiqib fan o‘qituvchilari hamkorlikda ishlash orqali o‘quvchilarni hayotga tayyorlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish ahamiyatini hamda kollobaratsiya va kommunikativ fikrlash bo‘yicha amaliy ishlarning dolzarb mavzuligini o‘qituvchilar tomonidan tashkillashtirilgan mashg‘ulotda qo‘llanilgan metodlar va pedagogik texnologiyalar orqali amaliy sinovdan o‘tkazdilar.
O‘quvchilarning kollobaratsiya va kommunikativ fikrlashini shakllantiruvchi yondashuvlar, texnologiyalar va usullar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.