2024-yil 7-8-noyabr kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglari uchun Metodik marafon tadbiri (ZOOM platformasida, onlayn va oflayn) o‘tkazilmoqda. Marafondan ko‘zlangan maqsad: umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash; xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida oʻquvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo’yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;
o‘qituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;
pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.