Click to listen highlighted text!

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi

14.02.2025 15:58:43 100 Баспаға шығарыў

Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoga mashhur tarixiy shaxsdir. Uning tabarruk ijodi milliy merosimiz durdonalari bo‘lib qolmasdan, xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, shuningdek, jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘rin tutadi.

«Boburnoma» – bu shunchaki yodgorliklar yoki tarixiy asar emas. Bu hayot maktabi, tajriba, saboq va ibrat manbaidir. Bobur o‘z hayoti, yurishlari va boshqaruv tajribasi haqida juda aniq yozgan. Shu bois, uning asarlari bugun ham barchamiz uchun hayot maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!