15 fevral kuni mentor o‘qituvchilar tomonidan har bir tuman va shahar hududidagi tayanch maktablarda Boshlang‘ich sinf yo‘nalishi bo‘yicha «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bugungi o‘quv darslarida: Bola rivojlanishi va psixologiyasi; Inklyuziv sinflarda xulq-atvorida qiyinchiliklari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasida Boshlang‘ich sinf yo‘nalishi bo‘yicha 19 tayanch maktabda 29 mentor o‘qituvchi 727 yetakchi o‘qituvchiga KRKda seminar o‘tkazildi.