Click to listen highlighted text!

«O‘qituvchining yaxshi fazilatlari» mavzusida seminar o‘tkazildi

27.03.2025 17:12:43 74 Баспаға шығарыў

Joriy yilning 26-mart kuni S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Pedagogik mahorat markazining biologiya fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «O‘qituvchining yaxshi fazilatlari» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarning maqsadi: o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini yangilash va rivojlantirishga yordam berishdan iborat.

Seminarda o‘qituvchining kasbiy bilimi, muloqot qobiliyati, ijodkorligi, etika va odob-axloq me’yorlariga amal qilish kabi asosiy fazilatlari muhokama qilindi. 

Ishtirokchilar o‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyati, motivatsiya berish usullari va o‘quvchilar bilan yaxshi muloqot o‘rnatish masalalari bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi hamda turli interfaol mashg‘ulotlar, guruh ishlari va fikr almashish orqali o‘zlarini yangi pedagogik metodlarga va zamonaviy ta’lim usullarini o‘z fanlarida qo‘llashga tayyor ekanliklarini namoyish etdi. 

Seminar davomida tinglovchilar fikr-mulohazalarini bildilar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!