Click to listen highlighted text!

Korrupsiya – zararli illat

14.04.2025 14:41:49 91 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan «Korrupsiya – zararli illat» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri R.Bauetdinov, markaz yuristi V.Saypov va kafedra o‘qituvchisi S.Usenovlar so‘zga chiqib, joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning majlisida ishtirok etib, unda mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilganini, oldindagi vazifalar belgilab berganini, korrupsiyaning islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq ekanini ta’kidlab, so‘nggi yillarda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va yaratilgan yangi tizimlar haqida so‘zlab berdi.Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, uning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, bu boradagi qonun hujjatlaridagi javobgarliklar haqida tushuncha berildi.Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!