⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025 yil 9 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har oyning bir shanba yoki yakshanba kunini «Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni» sifatida belgilash to‘g‘risidagi tashabbus ilgari surilgan edi.
✔️Ushbu tashabbusning ijrosini ta’minlash, ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash va xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida, 2025 yil 26 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi ma’muriyati tashabbusi bilan markazning professor-o‘qituvchilari va barcha xodimlari uchun Beruniy tumanida joylashgan «Sulton Uvays bobo» qabristoni va «Chilpiq» qo‘rg‘onini ziyorat qilish imkoniyati yaratildi.
📌Tashrif davomida xodimlar milliy va ma’naviy-madaniy merosga oid tarixiy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdi.
🔴Ushbu tashrif nafaqat ichki turizmni rivojlantirish, balki xodimlar o‘rtasida hamjihatlik, vatanparvarlik va ma’naviy tuyg‘ularni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.