Click to listen highlighted text!

Korrupsiya – ziyanli illet

05.06.2025 12:00:27 79 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan «Korrupsiyasiz jamiyat» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Shirazov joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning majlisida ishtirok etib, unda mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilganini, oldindagi vazifalar belgilab berganini, korrupsiyaning islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq ekanini ta’kidlab, so‘nggi yillarda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va yaratilgan yangi tizimlar haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi dunyo miqyosida shafqatsiz kurash olib borilayotganligi, bir qator mamlakatlar, masalan Singapur, Norvegiya, Estoniya kabi davlatlarda ijobiy natijalarga erishilganligi aytib o‘tildi.
Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!