A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida YUNESKO, M.Gandi nomidagi Ta’lim instituti va Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti bilan birgalikda Ijtimoiy-hissiy taʼlim (SEL) dasturi bo‘yicha treninglar boshlandi.
Mazkur dastur ilk bora joriy etilmoqda va unda 40 nafar ustoz ishtirok etmoqda.
Treninglar davomida:
rahmdillik va o‘z-o‘zini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish,
ta’lim oluvchilar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatish,
“Ijtimoiy-hissiy murabbiy” onlayn platformasidan foydalanish o‘rgatiladi.
Tadbirda ustozlar guruhlarga bo‘linib taqdimotlar tayyorlaydilar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadilar.
Treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchilari A.Masharipova va M.Uteulievalar ham faol ishtirok etmoqda.