Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan ish rejasi asosida Beruniy tumanidagi 65-maktabda 18–23 avgust kunlari Fizika va Kimyo fanlari kabinet mudirlari uchun qisqa muddatli “Zamonaviy tabiiy fanlar laboratoriyasi” kurslari tashkil etildi. Kursning asosiy maqsadi – fan kabineti hujjatlarini yuritish, ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlash bo‘yicha ustozlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat. Mashg‘ulotlarda: laboratoriya daftarlarini yuritish, inventar ro‘yxati, asbob-uskunalar pasporti va yillik rejani to‘ldirish; zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalanish; fizika va kimyo bo‘yicha amaliy tajribalarni o‘tkazish; o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish; xavfsizlik qoidalariga rioya qilish masalalari o‘rgatildi.