Dunyodagi dastlabki konstituciyalardan biri hisoblangan AQSh Konstituciyasi 1787 yilda qabul qilingan bwlib, unga shu kungacha 27 marta wzgartish va qwshimchalar kiritilgan. Bu jarayon har qanday milliy konstituciya – jonli mexanizm ekanini, jamiyat taraqqiyoti bilan birga yangilanib borishini kwrsatadi. Shu manoda, Wzbekiston ham mustaqillikka erishgach, wzining Asosiy qonunini shakllantirdi va bugungi kunga qadar unga 14 marta wzgartish va qwshimchalar kiritdi. Bu yangilanishlar davlat boshqaruvini demokratlashtirish, inson huquqlarini kuchaytirish, davlat organlari wrtasidagi muvozanatni taminlash va mahalliy boshqaruv tizimini isloh qilishga xizmat qildi. 2023 yil 30 apreldagi umumxalq referendumi milliy Konstituciyamiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochdi. Konstituciya moddalari 128 tadan 155 taga, huquqiy normalar 275 tadan 434 taga oshirilib, 65 foizga yangilandi. Yangi tahrirdagi Konstituciyamizda mamlakatimiz tarixida birinchi marta Wzbekiston «ijtimoiy davlat» sifatida tan olindi. Bu esa, aholini ijtimoiy himoya qilish, kam taminlangan qatlamlarni qwllab-quvvatlash, inson mehnati va shaniga hurmat, munosib hayot kafolatlari kabi tamoyillarni davlat majburiyati darajasiga olib chiqdi. Inson huquqlari borasida 40 dan ortiq yangi kafolatlar kiritilib, shaxsiy malumotlarni himoya qilish, advokat yordami, odil sudlov huquqlari kuchaytirildi. Yoshlar, bolalar, keksalar va nogironligi bwlgan shaxslarni himoya qilish bwyicha ilgari bwlmagan maxsus normalar kiritildi. Konstituciyaning hayotda amal qilishini taminlovchi asosiy institut – sud hokimiyatidir. Shu bois, keyingi yillarda sud-huquq sohasida keng kwlamli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar va suniy intellektni joriy etish sohada yangi bosqichni boshladi. Wzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025 yil 21 avgustda qabul qilingan «Sudlar faoliyatiga suniy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taminotini yaxshilash twǵrisida”gi farmon sud tizimi rivojida keskin burilish bwldi. Farmonga muvofiq, ariza berishdan oldin AI yakuniy qarorning taxminiy olinadigan modeli va xarajatlarni hisoblaydi. Murojaatlar twliq elektron shaklda qabul qilinib, tomonlar masofadan turib ishtirok etadi. Sud hujjatlari onlayn taqdim etilib, protokollar real vaqtda avtomatik tarzda shakllantiriladi va sud qarorlarini tayyorlashda suniy intellekt yordam beradi. 2025 yilda poytaxtda iqtisodiy, mamuriy va fuqarolik ishlari bwyicha ilk bor «Raqamli sud» zallari ishga tushirilib, 2026-2027 yillarda mamlakat bwylab joriy etilishi belgilangan. Bu tizim fuqarolar uchun ham, sudlar uchun ham tezkor, oson, shaffof va adolatli muhit yaratadi. Sud hokimiyatining xolis va mustaqil bwlishi – Konstituciyada belgilangan adolatli davlatning asosiy kafolatidir. Shu bois davlatimiz rahbarining sud sohasidagi yana bir muhim hujjati – «Sudyalar jamoatchiligi organlari faoliyatining samaradorligi va shaffofligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari twǵrisida»gi farmoni, sudyalar korpusini mustahkamlashga qaratilgan strategik qadam sifatida qabul qilindi. Farmon sudyalarni tanlash va tayinlash jarayonlarini shaffoflashtirish, ularning institucional mustaqilligini taminlash, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar ishonchiga sazovor sud tizimi barpo etish kabi maqsadlarni wz ichiga oladi. Bu — Konstituciyada belgilangan “sud mustaqilligi” principini amalda twliq taminlashga qaratilgan qudratli mexanizmdir. Bugungi Wzbekistonda Konstituciya bir huquqiy hujjat emas — u xalqparvar siyosat, inson qadri, adolat va barqaror taraqqiyotning asosiy dasturiga aylangan. Sud tizimida bwlayotgan wzgarishlar, suniy intellektga asoslangan «Raqamli sud,» sudyalar mustaqilligini mustahkamlaydigan farmonlar – barchasi Konstituciyamiz belgilab bergan ywlning mantiqiy davomidir. Konstituciyadagi har bir norma, har bir huquq va har bir principning real hayotga tatbiq etilishi – mamlakatimizda qonun ustuvorligi va adolatli jamiyatni taminlash uchun xizmat qiladi. Kamol Tarixov, Qoraqalpoǵiston Respublikasi sudi raisi.




