Click to listen highlighted text!

Bugun nufuzli va xalqaro mintaqaviy olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ustozlarini taqdirladik.

16.12.2025 09:54:58 5 Баспаға шығарыў

 Endigina 16-18 yoshni qarshi olayotgan o‘g‘il-qizlarning bunday katta yutuqlarini ko‘rib, Vatanimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Ular ilm ortidan milliarder bo‘lish mumkinligini isbotlashdi. Umuman, bu yil terma jamoamiz o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd qildi — xalqaro olimpiadalarda joriy yil davomida jami 210 ta medal qo‘lga kiritildi. Bularning barchasi Davlatimiz rahbarining ta’limga qaratayotgan e’tibori natijasidir. Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan, bilim bilan katta marralarni zabt etgan o‘quvchilarimiz, bu yo‘lda ularni qo‘llab-quvvatlagan ota-onalari hamda ustozlarini yana bir bor tabriklayman. Sizlar O‘zbekistonning yangi tarixini yozmoqdasiz! Muvaffaqiyat va zafar hamisha yor bo‘lsin!

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!